AvtoPilot

11-bilet

11-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 11-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Avtomobil qaysi yo'nalishlarda harakatlanishi mumkin?

Avtomobil qaysi yo'nalishlarda harakatlanishi mumkin?

  • Faqat o'ngga
  • To'xtash va svetoforning yashil chirog'ini kutish
  • Faqat to'g'riga
  • Barcha yo'nalishlar bo'yicha
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Barcha yo'nalishlar bo'yicha

Tartibga soluvchi o'ng qo'lini oldinga cho'zgan. Ko'k avtomobil unga chap yon tomonidan yaqinlashmoqda, chap yondan esa to'g'riga, o'ngga, chapga va orqaga qayrilishga — ya'ni barcha yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi. Svetofor bu holatda ahamiyatga ega emas, chunki tartibga soluvchining ishoralari svetofor signallaridan ustun turadi. Shuning uchun avtomobil barcha yo'nalishlar bo'yicha harakatlanishi mumkin.

Bu belgi nimani bildiradi?

Bu belgi nimani bildiradi?

  • Ro'paradan kelayotgan transport vositalariga nisbatan birinchi o'tish huquqini beradi
  • Haydovchi ro'paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak
  • Bir tomonlama harakatli yo'l qatnov qismi tamom bo'lganligini bildiradi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Haydovchi ro'paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak

Rasmda qizil doira ichida qora va qizil strelkalar ko'rsatilgan belgi tor yo'lda qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan transport bilan uchrashishda tartibni belgilaydi. Qora strelka katta bo'lgani uchun qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport birinchi o'tadi, siz esa yo'l berib kutishingiz kerak.

Haydovchiga belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Haydovchiga belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

  • «A» bo'yicha ruxsat etilgan
  • «Б» bo'yicha ruxsat etilgan
  • Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Qizil avtomobil:

Qizil avtomobil:

  • Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki asosiy yo'ldan ketmoqda
  • Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo'ldan ketmoqda
  • Chorrahaga o'ng tomondan yaqinlashib kelgan ko'k avtomobilga yo'l berishi kerak
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo'ldan ketmoqda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Yetarli ko'rinmaslik sharoitida yo'lning yoritilmagan qismida to'xtagan yoki to'xtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:

  • Tumanga qarshi faralarni yoki yaqinni yoritish faralarini yoqishi
  • Faralarning uzoqni yoritish chiroqlarini yoqishi
  • Gabarit chiroqlarini yoqishi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Gabarit chiroqlarini yoqishi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Transport vositasi qachon faqat o'ng chetki qatoridan harakatlanishi kerak?

  • Og'ir vaznli va yirik o'lchamli yuklarni tashishda
  • Agar haydovchi o'zini betob his qilsa
  • Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk bo'shashib ketsa
  • Transport vositasi texnikaviy sabablarga ko'ra 40 km/s.dan ortiq tezlikda yura olmasa
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Transport vositasi texnikaviy sabablarga ko'ra 40 km/s.dan ortiq tezlikda yura olmasa

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Ogohlantirish ishorasini berish haydovchiga birinchi harakatlanish huquqini beradimi?

  • Bermaydi
  • Manyovrni tugatish vaqtida beradi
  • Manyovrni boshlash vaqtida beradi
  • Hamma hollarda beradi
Javobni ko'rish
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.