AvtoPilot

90-bilet

90-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 90-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Tik nishablikda dvigatel bilan tormozlashda qiyalikka nisbatan qanday uzatma tanlanadi?

  • Nishablik qancha qiya bo'lsa uzatma pog'onasi shuncha past tanlanadi
  • Pog'onalarni nishablikka aloqasi yo'q
  • Nishablik qancha qiya bo'lsa uzatma pog'onasi shuncha yuqori tanlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Nishablik qancha qiya bo'lsa uzatma pog'onasi shuncha past tanlanadi

Qiya nishablikda past uzatmada tushish kerak, chunki dvigatel mashina tezligini ushlab turadi. Yuqori uzatmada esa dvigatel tormozlay olmaydi va mashina tezlashib ketadi.

Tumanga qarshi old chiroqlrni qorong'i vaqtda, yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qo'llash mumkinmi?

  • Mumkin emas
  • Mumkin
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Mumkin

Tumanli havoda tumanga qarshi chiroqlarni asosiy faralar bilan birga yoqish mumkin. Bu yo'lni yaxshiroq ko'rishga yordam beradi.

Ajratuvchi mintaqa - ...

  • Yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi
  • Yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi
  • Avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama mintaqa
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Qaysi belgi haydovchiga kesib o'tilayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi lozimligini bildiradi?

Qaysi belgi haydovchiga kesib o'tilayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi lozimligini bildiradi?

  • «B»
  • «Б» va «Г»
  • «A»
  • «Г»
  • «Б»
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: «Б» va «Г»

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

«Aholi punkti» atamasi nimani bildiradi?

  • Kirish va chiqish yo'llari 5.22 - 5.25 belgilari bilan belgilangan hududni
  • Shahar, qishloq joylari hududini
  • Aholi yashaydigan hududni
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Kirish va chiqish yo'llari 5.22 - 5.25 belgilari bilan belgilangan hududni

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Yo'l harakati xavfsizligi - ...

  • Yo'l harakati qatnashchilarining yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati
  • Yo'l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og'ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'l harakati qatnashchilarining yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Agar avtomobilning o'ng g'ildiraklari nam qoplamali yo'l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:

  • Avtomobilni tormozlamasdan yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burish
  • Avtomobilni tormozlash va to'liq to'xtatish
  • Avtomobilni tormozlab, yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Avtomobilni tormozlamasdan yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burish

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Shokning belgilari qanday?

  • Teri va shilliq qavatining oqarishi
  • Kuchli ter ajralishi
  • Og'iz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi
  • Yuqoridagi barcha holatlar
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.