AvtoPilot

27-bilet

27-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 27-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi bo'lgan shaxs o'zining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi?

  • Mumkin
  • Mumkin emas
  • Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo'lgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida ismi sharifi ko'rsatilgan bo'lsa yoki majburiy sug'urta qilish bo'yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo'lsa
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo'lgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida ismi sharifi ko'rsatilgan bo'lsa yoki majburiy sug'urta qilish bo'yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo'lsa

Vakolatnoma bo'lsa ham mashinani boshqasiga topshirish mumkin emas. Faqat agar ikkinchi shaxsning haydovchilik guvohnomasi va sug'urta polisida ismi yozilgan bo'lsa yoki sug'urta hammaga ochiq tuzilgan bo'lsagina ruxsat etiladi.

Agar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Agar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

  • Faqat yengil avtomobillarga ruxsat etiladi
  • Qattiq ulagichda ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
  • Har qanday ulagichda ruxsat etiladi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Rasmda qizil doira ichida yuk mashinasi tirkama bilan tasvirlangan taqiqlovchi belgi ko'rsatilgan. Bu belgi o'rnatilgan yo'ldan har qanday tirkamali transport vositalarining harakati man etiladi, shuning uchun avtomobilni shatakka olish ham taqiqlanadi.

Bu «To'xtash» yotiq chizig'i qaysi yo'l belgisi bilan qo'llaniladi?

Bu «To'xtash» yotiq chizig'i qaysi yo'l belgisi bilan qo'llaniladi?

  • «Yo'l bering» belgisi bilan
  • «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan
  • «Yo'l bering» belgisi va «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

  • Mototsiklni o'tkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi
  • Tramvayni o'tkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi
  • Tramvay va mototsiklni o'tkazib chorrahadan qayrilib oldi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Tramvay va mototsiklni o'tkazib chorrahadan qayrilib oldi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

  • Sariq avtomobil chorrahaga kirib keladi va ko'kni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi; yashil; ko'k qizil bilan bir vaqtda; sariq
  • Ko'k ayni vaqtda qizil bilan; yashil; sariq
  • Yashil; ko'k ayni vaqtda qizil bilan; sariq
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sariq avtomobil chorrahaga kirib keladi va ko'kni o'tkazib yuborish uchun to'xtaydi; yashil; ko'k qizil bilan bir vaqtda; sariq

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Haydovchi boshqa haydovchilarning ko'zini qamashtirishi mumkin bo'lgan uzoqni yorituvchi chiroqni yaqinni yorituvchiga qachon almashtirishi kerak?

  • Ro'paradagi transport vositasiga 100 m. qolganda
  • Ro'paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko'proq masofada ham, agar ro'paradagi transport vositasining haydovchisi faralar chirog'ini o'chirib yoqib shuni zarur deb ko'rsatsa
  • Ro'paradagi transport vositasiga 250 m. qolganda
  • Ro'paradagi transport vositasiga 300 m. qolganda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ro'paradagi transport vositasiga 150 m. qolganda, shuningdek, ko'proq masofada ham, agar ro'paradagi transport vositasining haydovchisi faralar chirog'ini o'chirib yoqib shuni zarur deb ko'rsatsa

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Aholi punktidan tashqarida tirkamali yengil avtomobil haydovchisiga eng katta tezlikni soatiga necha kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi?

  • 50 km/s
  • 70 km/s
  • 80 km/s
  • 90 km/s
  • 100 km/s
Javobni ko'rish

Avtotransport vositasida bo'lgan tibbiyot qutichasiga kiruvchi 5% li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qo'llanildi?

  • Yara atrofidagi terini ishlash uchun
  • Yara qattiq chirk olganda yaraning butun yuzasiga surtish uchun
  • Kuchli ishkor keltirib chiqaruvchi birinchi darajali kimyoviy kuyishda teriga surtish uchun
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yara atrofidagi terini ishlash uchun

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Bolalarni tashkiliy tashishda qanday talablar qo'yiladi?

  • Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida katta yoshli kuzatib boruvchi bo'lishi shart
  • Bolalar guruhini tashkiliy tashish uchun mo'ljallangan transport vositasining oldi va orqa tomoniga «Bolalar guruhini tashish» taniqlik belgisi o'rnatilishi shart
  • Barcha sanab o'tilgan talablar
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Barcha sanab o'tilgan talablar

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.