AvtoPilot

38-bilet

38-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 38-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Qatnov qismi tomonidan yo'lovchilarning tushishi va chiqishiga qaysi hollarda ruxsat etiladi?

  • Transport vositasi majburiy to'xtaganda
  • Haydovchining hohishiga ko'ra shu shart bilanki, bu xavf-xatardan xoli bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa
  • Trotuar tomondan yoki yo'l yoqasidan iloji bo'lmasa shu shart bilanki, bu hol xavf-xatarsiz bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Trotuar tomondan yoki yo'l yoqasidan iloji bo'lmasa shu shart bilanki, bu hol xavf-xatarsiz bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa

Yo'lovchilar odatda trotuar yoki yo'l yoqasidan tushishi kerak, lekin bu imkonsiz bo'lsa, xavfsizlikni ta'minlab qatnov qismidan tushishlari mumkin. Bunda boshqa harakatlanuvchi transport vositalarga xalaqit bermaslik kerak.

Yuk avtomobilining qaysi yo'nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Yuk avtomobilining qaysi yo'nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

  • Faqat o'ngga
  • O'ngga, chapga va qayrilib olishga
  • Faqat chapga
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: O'ngga, chapga va qayrilib olishga

Rasmda ko'k rangdagi yo'l belgisi yuk mashinalari uchun majburiy yo'nalishni ko'rsatmoqda - unda o'ngga, chapga va orqaga qaytish strelkalari bor. Tepada qizil doira ichida yuk mashinasi rasmi tushgan belgi faqat oldinga ketishni taqiqlaydi, lekin boshqa yo'nalishlarga burilishga ruxsat beradi.

Bu yotiq chiziq bildiradi:

Bu yotiq chiziq bildiradi:

  • Ko'rsatilgan yo'nalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
  • Chorrahada tasmalar bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakat yo'nalishlarini ko'rsatadi
  • Harakat barcha yo'nalishlarda ruxsat etilgan yo'llarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Chorrahada tasmalar bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakat yo'nalishlarini ko'rsatadi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

  • Yengil avtomobil, avtobus, velosiped
  • Avtobus, velosiped, yengil avtomobil
  • Avtobus, yengil avtomobil, velosiped
  • Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Velosiped, avtobus, yengil avtomobil

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Rasmda ko'rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Rasmda ko'rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

  • Svetoforning ruxsat ishorasini kutishi va to'g'riga o'tishi
  • O'ngga burilish ishorasini yoqishi va o'ngga burilishi
  • Chapga burilish ishorasini yoqishi va o'ng qatorni bo'shatishi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: O'ngga burilish ishorasini yoqishi va o'ngga burilishi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Temir yo'l kesishmasi oldida to'xtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:

  • Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishora berib harakatni boshlashi kerak
  • Yaqinlashib kelayotgan poezdning yo'qligiga ishonch hosil qilishi kerak
  • Har ikki javob to'g'ri
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yaqinlashib kelayotgan poezdning yo'qligiga ishonch hosil qilishi kerak

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Shunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida shaharlararo bo'lmagan avtobuslarning qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Shunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida shaharlararo bo'lmagan avtobuslarning qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

  • 50 km/s
  • 60 km/s
  • 70 km/s
  • 80 km/s
  • 90 km/s
Javobni ko'rish

Sirpanchiq yo'lda harakatlanayotganda karbyuratorning drossel zaslonkasini birdaniga ochish xavfi nimadan iborat?

  • Yurgizgich o'chib qoladi
  • Yonilg'i sarfi ancha ortadi
  • Avtomobilning yonga sirpanishi vujudga kelishi mumkin
  • Yurgizgich tirsakli val aylanishining maksimal chastotasini oshiradi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Avtomobilning yonga sirpanishi vujudga kelishi mumkin

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi?

Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi?

  • Xavfli yuklar tashiyotganda
  • Nogironlar boshqarayotganda
  • Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
  • Ikki yilgacha haydovchilik ish davriga ega bo'lgan haydovchilar boshqarayotganda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.