AvtoPilot

42-bilet

42-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 42-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Kunning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitlarda yo'lda qoldirilgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va hokazolar bildirilishi kerak:

  • Tegishli yo'l belgilari bilan
  • Yo'naltiruvchi va tevaragini o'rovchi moslamalar bilan
  • Qizil yoki sariq yoritgich chiroqlari bilan
  • Barcha sanab o'tilgan alomatlar bilan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Barcha sanab o'tilgan alomatlar bilan

Tungi vaqtda yo'lda qoldirilgan to'siqlarni boshqa haydovchilar ko'rishi uchun belgilar, chiroqlar va o'rab turuvchi moslamalar bilan ko'rsatish kerak. Xavfsizlik uchun barcha bu vositalarni birga ishlatish lozim.

Haydovchi qanday holda bu belgining talablarini to'g'ri bajaradi?

Haydovchi qanday holda bu belgining talablarini to'g'ri bajaradi?

  • Kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan mexanik transport vositalariga yo'l beradi
  • Kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo'l beradi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo'l beradi

Rasmda yo'l ustunligini berish belgisi ko'rsatilgan, bu belgi haydovchini to'xtab, boshqa yo'ldan kelayotgan barcha transport vositalariga yo'l berishni talab qiladi. Bu yerda faqat mexanik emas, balki BARCHA transport vositalari - velosipedlar, aravalar va boshqalar ham nazarda tutiladi, shuning uchun ikkinchi javob to'g'ri.

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?

  • Yuk avtomobili va mototsiklga
  • Barcha transport vositalariga
  • Tramvay va yengil avtomobilga
  • Yengil va yuk avtomobiliga, mototsiklga
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yuk avtomobili va mototsiklga

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Avtomobil haydovchisi uni boshqa transport vositalari quvib o'tayotganda qanday harakat qilishi kerak?

  • Harakat bo'lagini o'zgartirmay, o'ng burilish ishorasini berishi
  • Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilmasligi
  • Harakat tezligini kamaytirishi, tovush ishora berishi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilmasligi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qo'l bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishora Qoidalarga muvofiq qachon tugallanishi mumkin?

  • Manyovrni bevosita bajarishdan oldin
  • Manyovr tugagandan so'ng zudlik bilan
  • Manyovr bajarayotgan vaqtda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Manyovrni bevosita bajarishdan oldin

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Jarohatdan xushsizlanganda birinchi tibbiy yordamni qanday ko'rsatish kerak?

  • Kiyim-boshni yechish yoki bo'shatish, toza havo kelishi ta'minlash. Nashatir spirti hidlatish. Yuzga sovuq suv sepish. Peshona va gardanga iliq malhamlar qo'yish
  • Mutloq tinch qo'yish. Boshni tushirish, oyoqlarni ko'tarish, badanni isitish. Qaynoq ichimlik (choy va shu kabilar) berish. Bog'langan jgutni shifokorsiz yechmaslik va bo'shatmaslik
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Mutloq tinch qo'yish. Boshni tushirish, oyoqlarni ko'tarish, badanni isitish. Qaynoq ichimlik (choy va shu kabilar) berish. Bog'langan jgutni shifokorsiz yechmaslik va bo'shatmaslik

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.