AvtoPilot

21-bilet

21-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 21-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Yaltirovchi ko'k mayoqcha va unga qo'shimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan bo'lsangiz, nima qilishingiz lozim?

  • Yo'l yoqasida yoki qatnov qismining chetida to'xtash
  • Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan yo'l chetidan harakatlanish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan yo'l chetidan harakatlanish

Ko'k chiroqli maxsus mashina qarshi tomondan kelayotgan bo'lsa, yo'l chetiga siqilib, unga xalaqit bermasdan o'z harakatingizni davom ettiring. To'xtash shart emas, faqat yo'l bering.

Ko'rsatilgan belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi qanday maqsadda o'rnatilgan?

Ko'rsatilgan belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi qanday maqsadda o'rnatilgan?

  • Belgining amal qilish hududida foto va video moslamalardan foydalanish ta'qiqlanadi
  • DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo'l qismini bildiradi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: DYHXX tomonidan harakat jarayoni foto va video kuzatuviga olingan yo'l qismini bildiradi

Qo'shimcha belgidagi kamera tasviri yo'lda rasmga olish moslamalari o'rnatilganini ko'rsatadi. Bu belgi haydovchilarni yo'l qoidalarini buzish holatlari avtomatik kameralar tomonidan qayd qilinishidan ogohlantiradi.

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

  • Mototsikl, avtomobil, tramvay
  • Tramvay, avtomobil, mototsikl
  • Tramvay, mototsikl, avtomobil
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Mototsikl, avtomobil, tramvay

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Yo'lning yoritilmagan qismlarida qorong'i vaqtda to'xtaganda gabarit chiroqlari nosoz bo'lsa:

  • Yaqinni yorituvchi faralarni yoqish
  • O'ngroqqa olish va yaqinni yorituvchi farani yoqish zarur
  • Transport vositasini yo'ldan tashqariga chiqarish, agar buning iloji bo'lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Transport vositasini yo'ldan tashqariga chiqarish, agar buning iloji bo'lmasa mazkur qoidalar talablariga binoan uni belgilash lozim

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qo'llanishi mumkin:

  • Kunning qorong'i vaqtida safda harakatlanishda
  • Tonellarda harakatlanishda
  • Faqat yetarli ko'rinmaydigan sharoitlarda
  • Kunning qorong'i vaqtida yuk tushirishda
  • Sanab o'tilgan barcha hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Faqat yetarli ko'rinmaydigan sharoitlarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qo'shaloq shinalar orasiga begona jismlar tiqilib qolganda transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladimi?

  • Taqiqlanadi
  • Mazkur yo'nalishda ikki va undan ortiq tasma bo'lganda yo'lning faqat o'ng tarafdagi tasmasi bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi
  • Ko'pi bilan 40 km/soat tezlikda harakat qilishga ruxsat etiladi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.