AvtoPilot

52-bilet

52-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 52-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Avtomobil harakatlanayotganda kutilmaganda shinasi yorilib ketsa, haydovchi nima qilishi zarur?

  • Ishchi tormoz bilan to'la to'xtaguncha keskin tormozlash
  • Avtomobilni to'xtab turish tormozi yordamida to'xtatish
  • Rulni ushlab turish, to'g'ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to'xtatish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Rulni ushlab turish, to'g'ri chiziqda harakatni saqlash, tezlikni kamaytirish va to'xtatish

Shina yorilib ketganda keskin tormozlasangiz mashina ag'darilishi mumkin. Rulni mahkam ushlab, asta-sekin sekinlashtirib to'xtatish kerak.

Belgilardan qaysi biri bevosita yo'lning xavfli qismi oldiga o'rnatiladi?

Belgilardan qaysi biri bevosita yo'lning xavfli qismi oldiga o'rnatiladi?

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: 5

5-raqamli belgi temir yo'l kesishmasi oldiga o'rnatiladigan asosiy belgi bo'lib, u bevosita xavfli joydagi o'tish joyini bildiradi. Boshqa belgilar esa temir yo'l yaqinlashayotganini oldindan ogohlantirish uchun kesishmadan ancha uzoqroqda qo'yiladi.

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

  • 1- va 2-tramvaylar ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil; ko'k avtomobil
  • 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil avtomobil; 2-tramvay va ko'k avtomobil bir vaqtda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: 1-tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilan; qizil avtomobil; 2-tramvay va ko'k avtomobil bir vaqtda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Transport vositalariga qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Transport vositalariga qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

  • Tramvayga chapga yoki to'g'riga
  • Faqat avtomobilga chapga
  • Tramvay va avtomobilga chapga
  • Tramvayga chapga yoki to'g'riga, avtomobilga tramvaydan so'ng
  • Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va qayrilib olishga
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va qayrilib olishga

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?

Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?

  • Yengil avtomobilning haydovchisiga
  • Yuk avtomobilning haydovchisiga
  • Har ikki haydovchiga
  • Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qayrilib olish taqiqlanadi:

  • Chorrahalarda va ularga 15 metrdan yaqinroqda
  • Chorrahalar oldiga 15 metrdan yaqinroqda
  • Yo'lning loaqal bir yo'nalishida 100 metrdan kamroq, qismi ko'rinadigan aholi punktlaridan tashqarida
  • Loaqal bir yo'nalishda yo'lning 100 metrdan kamroq qismi ko'ringanda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Loaqal bir yo'nalishda yo'lning 100 metrdan kamroq qismi ko'ringanda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap bo'lagiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?

  • Quvib o'tishda, o'zib ketishda yoki aylanib o'tishda
  • Burilish yoki qayrilib olish oldidan qayta tizilishda
  • Sanab o'tilgan barcha hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sanab o'tilgan barcha hollarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Kim o'quv yurtlarida boshqarishni o'rgatish huquqiga ega?

  • Haydashni o'rgatish huquqini beruvchi xujjatlari bo'lgan haydashni o'rgatuvchi yo'riqchi
  • Tajribali haydovchi
  • 3 yillik ishlagan davri bo'lgan haydovchi
  • 5 yil haydovchilik ishlagan davriga ega bo'lgan 1 va 2-toifa haydovchilar
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Haydashni o'rgatish huquqini beruvchi xujjatlari bo'lgan haydashni o'rgatuvchi yo'riqchi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Yuk transport vositasining o'lchamlaridan chiqib tursa, kunning qorong'i vaqtida va yetarli ko'rinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?

  • Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal bo'yicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yo'lli) bilan
  • Oldi oq rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan
  • Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Oldi oq rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.