AvtoPilot

10-bilet

10-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 10-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Qizil avtomobilning haydovchisi miltillovchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?

Qizil avtomobilning haydovchisi miltillovchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?

  • Harakat bo'lagini o'zgartirmasdan to'xtashi va majburiy to'xtash chiroqlarini yoqishi
  • Tezlikni pasaytirishi va boshqa qatorga o'tish bilan bog'lik keskin manyovrlarga yo'l qo'ymasdan harakatni davom ettirishi
  • Yo'l berishi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'l berishi

Tez yordam mashinasi chiroq-mayoqchasi va maxsus tovush signali yongan holda kelmoqda, bu favqulodda vaziyatni bildiradi. Bunday hollarda barcha haydovchilar shu jumladan qizil mashina ham darhol yo'l bo'shatib berishi va tez yordamni o'tkazib yuborishi shart, chunki odam hayoti xavf ostida bo'lishi mumkin.

Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklovlar o'rnatilgan?

Mazkur belgi bilan belgilangan hududda qanday cheklovlar o'rnatilgan?

  • Harakat tezligini 5 km/s dan oshmasligi kerakligini bildiradi
  • Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish
  • Kirib, chiqib ketish harakati taqiqlanadi
  • Yengil avtomobillarni tunda to'xtab turishini taqiqlaydi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish

Bu belgi turar-joy hududini bildiradi, bu yerda uylar, piyodalar va o'ynayotgan bolalar bor. Turar-joy hududida transport vositalarini boshqarishni o'rgatish taqiqlangan, chunki bu aholiga xavf tug'diradi.

Svetoforning taqiqlovchi ishorasida va shlagbaum ochiq bo'lganda haydovchi nima qilishi kerak?

  • Yaqinlashib kelayotgan poyezd yo'qligiga shaxsan ishonch hosil qilishi va kesishmadan o'tishi kerak
  • Shlagbaumning holatiga asoslangan holda kesishmadan o'tishi kerak
  • Shlagbaumgacha 10 metrdan yaqin bo'lmagan masofada to'xtash
  • To'xtash chizig'i oldida, «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi oldida, agar ular yo'q bo'lsa shlagbaumgacha 5 metrdan yaqin bo'lmagan masofada to'xtash
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: To'xtash chizig'i oldida, «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi oldida, agar ular yo'q bo'lsa shlagbaumgacha 5 metrdan yaqin bo'lmagan masofada to'xtash

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qanday hollarda haydovchisi bo'lmagan transport vositalarini shatakka olish mumkin?

  • Barcha hollarda
  • Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olishda
  • Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarini shatakka olgan transport vositalarining izidan harakatlanishini ta'minlaganda
  • Qattiq ulagichda shatakka olishda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarini shatakka olgan transport vositalarining izidan harakatlanishini ta'minlaganda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qaysi ishoralar ogohlantiruvchi hisoblanadi?

  • Burilishni ko'rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo'l bilan beriladigan ishoralar
  • Tovushli ishoralar
  • Fara chiroqlarini yoqib-o'chirilishi va kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi fara chirog'ining yoqilishi
  • Sanab o'tilgan barcha ishoralar
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sanab o'tilgan barcha ishoralar

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Boshqarishni o'rgatishdagi transport vositasi qanday jihozlangan bo'lishi kerak?

  • Qoidalarning talablariga asosan, taniqlik belgilari bilan
  • Ulagich (ssepleniye) va ishchi tormozining qo'shimcha tepkilari bilan
  • O'rgatuvchi uchun orqani ko'rsatuvchi ko'zgu bilan
  • Sanab o'tilgan barcha jihozlar va belgilar bilan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sanab o'tilgan barcha jihozlar va belgilar bilan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Sanab o'tilgan holatlarning qaysilarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

  • Pnevmatik tormoz yuritmasining manometri ishlamaydi
  • Mototsiklning boshqaruv dempferi nosoz
  • M1 toifasidagi transport vositasining rul boshqarmasi lyuft yig'indisi 10 gradusdan ortiq
  • Sanab o'tilgan barcha hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sanab o'tilgan barcha hollarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.