AvtoPilot

6-bilet

6-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 6-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Piyodalarga yo'lni piyodalar o'tish joyidan tashqarida kesib o'tishga ruxsat etiladimi?

  • Ruxsat etiladi
  • Yo'lning qatnov qismi chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida, uning ikkala tomoni yaxshi ko'rinib turadigan, ko'rinish masofasida o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llarda kesib o'tishga ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'lning qatnov qismi chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida, uning ikkala tomoni yaxshi ko'rinib turadigan, ko'rinish masofasida o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llarda kesib o'tishga ruxsat etiladi

Piyoda maxsus o'tish joyi bo'lmasa, yo'l ikki tomondan yaxshi ko'rinsa va yaqin atrofda chorraha bo'lmasa, to'g'ri burchak ostida kesib o'tishi mumkin. Bunda yo'lda to'siq yoki ajratuvchi chiziq bo'lmasligi kerak.

Bu joyda hovliga burilishga ruxsat etiladimi?

Bu joyda hovliga burilishga ruxsat etiladimi?

  • Ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ruxsat etiladi

Rasmda ko'k rangli yo'l belgisi ko'rinib turibdi, unda ikki yo'nalishli strelkalar bor. Bu belgi ikki tomonlama harakatga ruxsat berilganligini bildiradi, shuning uchun yashil yuk mashinasi chap tomondagi hovliga bemalol burilishi mumkin.

Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat etiladimi?

  • 50 km/s tezlik bilan ruxsat etilgan
  • Taqiqlanadi
  • Faqat qisman ortish usuli bilan yoki qattiq ulagich bilan ruxsat etiladi
  • Egiluvchan tirkagich bilan ruxsat etiladi
  • Istalgan usulda ruxsat etilgan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Istalgan usulda ruxsat etilgan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etiladi?

  • Faqat qizil avtomobilga
  • Barcha transport vositalariga
  • Qizil, ko'k va yashil avtomobillarga
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Qizil, ko'k va yashil avtomobillarga

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Tirkamali yengil avtomobillarga yo'lning shu yo'l belgisi o'rnatilgan qismida qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Tirkamali yengil avtomobillarga yo'lning shu yo'l belgisi o'rnatilgan qismida qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?

  • 60 km/s
  • 70 km/s
  • 80 km/s
  • 100 km/s
  • 110 km/s
Javobni ko'rish

Qaysi holda Qoidalar ogohlantirish ishorasini berishni talab qilmaydi?

  • Qatnov qismining chekkasida to'xtash oldidan
  • «Xavfli burilish» belgisi bilan belgilangan yo'lning egri burilish joyi oldidan
  • Qo'shni harakat bo'lagiga o'tish oldidan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: «Xavfli burilish» belgisi bilan belgilangan yo'lning egri burilish joyi oldidan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Ushbu yo'l belgisi nimani bildiradi?

Ushbu yo'l belgisi nimani bildiradi?

  • Belgida ko'rsatilgandan ortiq yuk ko'taruvchi yuk avtomobillari va transport vositalari tarkibi (tirkamali yuk avtomobillari)ning harakat qilishi taqiqlanadi
  • Umumiy haqiqiy vazni (yo'lovchilar va yuk vaznini qo'shgan holda) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalari, shu jumladan, tirkamali transport vositalarining harakat qilishi taqiqlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Umumiy haqiqiy vazni (yo'lovchilar va yuk vaznini qo'shgan holda) belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalari, shu jumladan, tirkamali transport vositalarining harakat qilishi taqiqlanadi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.