AvtoPilot

70-bilet

70-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 70-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda?

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda?

  • Yashil avtomobil haydovchisi
  • Ko'k avtomobil haydovchisi
  • Ikkala haydovchi to'g'ri bajarmoqda
  • Ikkala haydovchilarga quvib o'tish taqiqlangan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yashil avtomobil haydovchisi

Yashil mashina quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda, chunki u chap qatorga o'tib, oldindagi mashinani xavfsiz tarzda quvib o'tmoqda va yo'lda yetarli joy bor. Ko'k mashina esa uzluksiz chiziq orqali o'tishga harakat qilmoqda, bu esa qat'iyan taqiqlangan va xavfli harakat hisoblanadi.

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

  • Traktor haydovchisi
  • Avtobus haydovchisi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Avtobus haydovchisi

Rasmda ko'k belgi ko'rinib turibdi - bu tor ko'prik yoki yo'lda kim birinchi o'tishini ko'rsatuvchi belgi. Belgidagi oq strelka yuqoriga yo'nalgan, ya'ni ko'prikdan kelayotgan transport (traktor) birinchi o'tish huquqiga ega, shuning uchun avtobus kutib turishi kerak.

Belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi nimani anglatadi?

Belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi nimani anglatadi?

  • Yo'lning tor qismi uzunligini
  • Belgidan yo'lning tor qismigacha bo'lgan masofani
  • Tor qismini aylanib o'tish joyigacha masofani
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Belgidan yo'lning tor qismigacha bo'lgan masofani

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Mazkur tik chiziq nimani bildiradi?

Mazkur tik chiziq nimani bildiradi?

  • Yo'lning kichik radiusli burilishlardagi yo'l chetiga o'rnatilgan to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi
  • Boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

To'xtash va to'xtab turish quyidagi hollarda taqiqlangan:

  • Yo'lning xavfli burilishlarida va qatnov qismida ko'rinish masofasi 100 metrdan kam bo'lgan yo'l do'ngliklari yaqinida
  • Bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida
  • Sanab o'tilgan barcha hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sanab o'tilgan barcha hollarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qishloq xo'jalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat trayektoriyasi kesishadi. Kimga yo'l berishi kerak?

  • Yuk avtomobili haydovchisi traktor haydovchisiga
  • Traktor haydovchisi yuk avtomobili haydovchisiga
  • O'ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisiga
  • O'ng tomondagi haydovchi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: O'ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisiga

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Transport vositasini tik qiyaliklarda uzatma ajratilgan holatda tushishga ruxsat etiladimi?

  • Agar avtomobil gidrovakuum kuchaytirgichli tormozlar bilan jihozlangan bo'lsa tavsiya etiladi
  • Agar yo'l yaxshi holatda bo'lsa va uzoq ko'rinib tursa tavsiya etiladi
  • Taqiqlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Qoidalar transport vositalarining harakatlanishni davom ettirishni qanday hollarda taqiqlaydi?

  • Kuzov (kabina) qismlari va bo'yog'iga tashqi tomondan anchagina shikast yetgan bo'lsa
  • Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibida)
  • Ressoralarning o'zak qatlami yoki markaziy bolti shikastlansa
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibida)

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.