AvtoPilot

79-bilet

79-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 79-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Yonlama oraliq masofani tanlashda tezlikning dahli bormi?

  • Yonlama oraliq masofani tanlashni tezlikka aloqasi yo'q
  • Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Tezlik oshganda yonlama oraliq masofani oshirish kerak

Tezlik oshgani sari yondan ketayotgan mashinalar bilan oralikni ham oshirish kerak. Chunki tezroq ketayotganda to'satdan burilish yoki boshqaruvni yo'qotish xavfi ortadi.

Ushbu vaziyatda quvib o'tishdan so'ng Siz o'rta bo'lakda qolishingiz mumkinmi?

Ushbu vaziyatda quvib o'tishdan so'ng Siz o'rta bo'lakda qolishingiz mumkinmi?

  • Ha
  • Yo'q
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'q

Oq mashina qizil mashinani quvib o'tgandan keyin chapga qaytishi kerak, chunki o'rta bo'lakda qolib ketish xavfli va qoidalarga zid. Quvib o'tish tugagach, haydovchi o'z bo'lagiga qaytishi shart, o'rta bo'lakda davom etish boshqa mashinalar uchun xavf tug'diradi.

Cheklangan ko'rinish sharoitida orqaga harakatlanishda harakat xavfsizligini ta'minlash uchun:

  • Avariya (xavf-xatar) ishoralarini yoqish
  • Tovushli signal berish
  • Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Uzoq davom etadigan keng ravon yo'lda avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganda haydovchiga tezlik qanday qabul qilinadi?

  • Tezlikni qabul qilish o'zgarmaydi
  • Aslidagidan tez harakatlanayotganga o'xshaydi
  • Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o'xshaydi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o'xshaydi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Yo'lning qanday qismida harakatlanganda kuchli yonlama shamol xavfi ortadi?

  • Yo'lning yopiq qismidan ochiq qismiga o'tganda
  • Yo'lning yopiq qismida harakatlanganda
  • Ochiq joyda harakatlanganda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'lning yopiq qismidan ochiq qismiga o'tganda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Kunning yorug' vaqtida aholi punktlaridan tashqarida quvib o'tilayotgan transport vositasi haydovchisining e'tiborini qanday jalb qilasiz?

  • Faqat chiroqlarni yoqib-o'chirish bilan
  • Sanab o'tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo'llash bilan
  • Faqat tovush ishoralarini qo'llab
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sanab o'tilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qo'llash bilan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.