AvtoPilot

86-bilet

86-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 86-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

G'ildiraklarni yo'l bilan ilashishi yo'qolganda (kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yo'l qismlari) haydovchi:

  • Tezlikni oshirishi lozim
  • Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim
  • Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozim

Suvli yo'lda keskin tormoz bosish xavfli, mashina sirpanib ketadi. Dvigatel bilan asta-sekin sekinlashsangiz, g'ildiraklarning nazorati saqlanib qoladi.

Venoz qon ketish alomatlarini ko'rsating:

  • Mayda qon tomirlaridan ichki a'zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi
  • Qon tomiridan to'q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
  • Qon tomiridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Qon tomiridan to'q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi

Venoz qon to'q qizil rangda bo'lib, tinch holatda sizib chiqadi. Bu arterial qondan farq qiladi, chunki arterial qon yorqin qizil va pulsatsiya bilan otiladi.

Yengil avtomobil tirkamasi burilishda qanday troektoriya bo'yicha harakatlanadi?

  • Burilish markaziga nisbatan avtomobil troektoriyasidan ichkarida
  • Avtomobil troektoriyasidan bo'yicha
  • Burilish markaziga nisbatan avtomobil troektoriyasidan tashqarida
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Burilish markaziga nisbatan avtomobil troektoriyasidan ichkarida

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Agar biror-bir to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa kim yo'l berishi kerak?

  • To'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi
  • To'siq bo'lmagan tomondagi haydovchi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: To'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Ushbu belgilardan qaysi biri bir yoki bir nechta tasmalarda harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarish mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishini bildiradi?

Ushbu belgilardan qaysi biri bir yoki bir nechta tasmalarda harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarish mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishini bildiradi?

  • «A»
  • «Б»
  • «B»
Javobni ko'rish

Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar:

  • Boshqa harakat qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega
  • Boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishi kerak
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishi kerak

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

«Imtiyoz» atamasiga tegishli tarifni ko'rsating

  • Yo'l harakati ishtirokchilariga nisbatan imtiyozi bo'lgan boshqa ishtirokchini harakat yo'nalishi yoki tezligini o'zgartirishga majbur qiladigan hollarda harakatni davom ettirmaslik yoki boshlamaslik, biror manyovr qilmaslik talabi
  • Mo'ljallangan yo'nalishda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Mo'ljallangan yo'nalishda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.