AvtoPilot

43-bilet

43-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 43-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etilganmi?

Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etilganmi?

  • Quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanganda ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
  • Agar quvib o'tish temir yo'l kesishmasigacha tugasa, ruxsat etiladi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Yo'l yonida temir yo'l kesishmasi yaqinligini ogohlantiruvchi uchburchak belgi o'rnatilgan. Temir yo'l kesishmasi oldida va kesishmada quvib o'tish har doim xavfli va taqiqlangan, chunki bu joyda poezd kutilmagan paytda paydo bo'lishi mumkin.

Qaysi belgi kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo'l berish majburiyatini yuklaydi?

Qaysi belgi kesishadigan yo'l bo'ylab harakat qilayotgan transport vositalariga yo'l berish majburiyatini yuklaydi?

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: 4

4-raqamli belgi uchburchak shaklida pastga qaragan belgi bo'lib, bu "Yo'l bering" belgisi hisoblanadi. Bu belgi haydovchiga kesishadigan yo'ldan kelayotgan transport vositalariga birinchi bo'lib o'tishga imkon berishni majbur qiladi.

Transport vositasining haydovchisi oldida «To'xtash chizig'i» chizilgan va svetoforning yashil yoritgichi yoniq bo'lgan chorrahaga yaqinlashayotib nima qilishi kerak?

  • «To'xtash chizig'i»da to'xtashi, so'ng esa harakatni qayta tiklashi
  • To'xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: To'xtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?

Bunday vaziyatda haydovchi nima qilishi kerak?

  • Oldindan yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqib va uzluksiz tovush ishorasini berib, eng kam tezlik bilan turgan transport vositasini aylanib o'tishi
  • Qatnov qismidan o'tayotgan bolalarga yo'l berishi
  • Bu yo'l qismidan o'tishi kerak, chunki bolalar qatnov qismini piyodalar o'tish joyidan kesib o'tmayaptilar
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Qatnov qismidan o'tayotgan bolalarga yo'l berishi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga to'g'ri kiradi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga to'g'ri kiradi?

  • Ikkala haydovchi
  • Faqat avtobus haydovchisi
  • Faqat yengil avtomobil haydovchisi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ikkala haydovchi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Siz quvib o'tish uchun chiqdingiz va bexosdan ro'paradan kelayotgan avtomobilni ko'rib qoldingiz. Agar Siz quvib o'tishni tugallay olishingizga ishonchingiz bo'lmasa, Siz:

  • Tovush xabarini berib va faralarni yoqib quvib o'tishni tugallaguncha davom ettirishingiz kerak
  • Tezlikni asta ko'paytirishingiz va quvib o'tishni tezroq tugallashingiz kerak
  • Tezlikni kamaytirishingiz va ilgari egallagan qatorga qaytishingiz kerak
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Tezlikni kamaytirishingiz va ilgari egallagan qatorga qaytishingiz kerak

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Manyovr vaqtida haydovchi har doim ogohlantiruvchi ishora berishi kerakmi?

  • Faqat uning orqasida boshqa transport vositasi harakatlanayotgan bo'lsa
  • Faqat uning transport vositasi burilishni ko'rsatuvchi chiroqlar bilan jihozlangan bo'lsa
  • Faqat serqatnov harakatli yo'lda
  • Faqat u harakatning boshqa ishtirokchilarini chalg'itmagan hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Faqat u harakatning boshqa ishtirokchilarini chalg'itmagan hollarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Ishlamayotgan boshqaruv ruli bilan to'xtab turish yoki ta'mirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?

  • Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
  • Harakat xavfsizligini ta'minlovchi tezlikda ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Taqiqlanadi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.