Ikki tomonlama yo'lda harakatsiz holda bo'lgan jism bor (bo'chka, meshok, ... ). Siz bu narsalarni qaysi tomonidan aylanib o'tasiz?
- Chap tomonidan
- O'ng tomonidan
- O'ng va chap tomondan
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: O'ng tomonidan
Qatnov qismida yotgan bo'chka yoki meshok — harakatsiz jism, ya'ni to'siq hisoblanadi. Ajratuvchi bo'lagi bo'lmagan ikki tomonlama harakatli yo'lda, agar yo'l belgilari va chiziqlari boshqa yo'nalishni ko'rsatmagan bo'lsa, bunday to'siqlar o'ng tomonidan aylanib o'tiladi. Chap tomondan o'tish qarama-qarshi harakat tasmasiga chiqishni bildiradi va ro'paradan kelayotgan transport uchun xavf tug'diradi.