AvtoPilot

62-bilet

62-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 62-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Yo'l burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?

  • Burilish radiusi ko'payishi bilan
  • Harakat tezligi ortishi bilan
  • Harakat tezligi pasayishi bilan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Harakat tezligi ortishi bilan

Burilishda tezlik oshsa, mashinani tashqariga uloqtiruvchi kuch kuchayadi. Shuning uchun burilishda sekinroq yurish xavfsizroq.

Belgilardan qaysi birining belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga daxli yo'q?

Belgilardan qaysi birining belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga daxli yo'q?

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: 4

4-raqamli belgi to'xtash va turashni taqiqlaydi, lekin transport vositalarining harakatiga ta'sir qilmaydi. Qolgan belgilar esa harakatni cheklaydi: 1-raqam signal berish taqiqi, 2-raqam yo'l berish majburiyati, 3-raqam quvib o'tish taqiqi, 5-raqam tezlikni cheklash.

Tartibga soluvchining hushtak ishorasi xizmat qiladi:

  • Harakat ishtirokchilarining e'tiborini jalb etish uchun
  • Zarur hollarda «Qo'lni yuqoriga ko'tarish» ishorasining o'rnini bosish uchun
  • Piyodalar uchun ruxsat etuvchi ishora bo'lib
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Harakat ishtirokchilarining e'tiborini jalb etish uchun

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Sanab o'tilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanmaydi?

  • Ko'priklarda, osma yo'llarda bir yo'nalishdagi harakatlanish uchun uchtadan ko'p tasma bo'lganda
  • Kesishadigan qatnov qismlarining chetiga 30 metrdan ko'proq qolganda
  • Barcha ko'rsatilgan joylarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Barcha ko'rsatilgan joylarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga nima taqiqlanadi?

  • 40 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakat qilish
  • O'z transport vositasining harakat tezligini kamaytirish bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish
  • Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?

  • Ko'krak qafasining o'rtasidan
  • Ko'krak qafasining quyi qismidan
  • Qo'ltiq ostidan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ko'krak qafasining quyi qismidan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Sanab o'tilgan hollardan qaysi birida transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

  • Shinalar o'lchami va yo'l qo'yiladigan bosimi bo'yicha transport vositasining rusumiga mos emas
  • Transport vositasining bitta o'qiga diagonal shinalar radial shinalar bilan birga o'rnatilgan
  • M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o'qiga birinchi toifada ta'mirlangan shinalar o'rnatilgan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o'qiga birinchi toifada ta'mirlangan shinalar o'rnatilgan

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.