AvtoPilot

71-bilet

71-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 71-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Qaysi hollarda yo'lning harakatlanish bo'lagini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib o'tishingiz mumkin?

  • Faqat qayta tizilishda
  • Yo'lda boshqa transport vositalari bo'lmasa
  • Barcha sanab o'tilgan hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Faqat qayta tizilishda

Uzuq chiziq yo'lakning bo'laklarini ajratadi va uni faqat boshqa qatorga o'tishda bosib o'tish mumkin. Boshqa hollarda, masalan oddiy harakatlanishda, bu chiziq ustidan o'tib bo'lmaydi.

Ushbu ko'rsatilgan holatda mototsikl haydovchisi Sizga yo'l berishi kerakmi?

Ushbu ko'rsatilgan holatda mototsikl haydovchisi Sizga yo'l berishi kerakmi?

  • Ha
  • Yo'q
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ha

Rasmda yashil belgi avtomobil yo'lga chiqayotganini ko'rsatmoqda, bu sizning yo'lingiz bosh yo'l ekanligini bildiradi. Mototsikl yon yo'ldan chiqayotgan bo'lsa, u bosh yo'ldagi transport vositalariga yo'l berishi shart, shuning uchun mototsikl haydovchisi sizga yo'l berishi kerak.

Yo'lda «STOP», yozuvi ko'rinishdagi yo'l chizigi nimani bildiradi?

  • Tartibga solingan chorrahada to'xtash chizig'iga yaqinlashayotganligi xaqida ogohlantiradi
  • To'xtash chizig'i va «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» yo'l belgisi o'rnatilgan chorrahaga yaqinlashayotganligini bildiradi
  • «Yo'l bering» yo'l belgisiga yaqinlashilayotganligini bildiradi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: To'xtash chizig'i va «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» yo'l belgisi o'rnatilgan chorrahaga yaqinlashayotganligini bildiradi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Sanab o'tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?

  • Faqat tog'li yo'llarda
  • Kunning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida
  • Yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan xollarda
  • Barcha sanab o'tilgan hollarda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan xollarda

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Svetoforning yashil miltillovchi ishorasi nimani bildiradi?

  • Harakatga ruxsat beradi va tez orada taqiqlovchi ishora yonishi to'g'risida axborot beradi
  • Harakatni davom ettirishni taqiqlaydi
  • Svetofor nosozligini
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Harakatga ruxsat beradi va tez orada taqiqlovchi ishora yonishi to'g'risida axborot beradi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Siz chorrahada to'g'riga o'tmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Sizning harakatingiz?

Siz chorrahada to'g'riga o'tmoqchisiz. Ushbu vaziyatda Sizning harakatingiz?

  • Qizil avtomobil yo'l berayotganiga ishonch xosil qilib chorrahadan birinchi o'tish
  • Chorrahaga birinchi kirgan qizil avtomobilga yo'l berish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Qizil avtomobil yo'l berayotganiga ishonch xosil qilib chorrahadan birinchi o'tish

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lning boshida o'rnatiladi?

Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lning boshida o'rnatiladi?

  • «Б» yoki «Г»
  • Faqat «Б»
  • Faqat «A»
  • «Б» yoki «В»
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Faqat «Б»

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.