AvtoPilot

85-bilet

85-bilet — YHQ test savollari va javoblari

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi, vaqt 25 daqiqa, o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak (A1 toifasida 16 ta). 85-biletda 10 ta savol bor — javoblari ochiq.

Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini to'xtatish.

  • Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash
  • Yo'l transport hodisasi
  • Majburiy to'xtash
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Majburiy to'xtash

Majburiy to'xtash degani - siz o'zingiz xohlamasdan to'xtashga majbur bo'lgan holat. Masalan, mashina buzildi, yo'lda to'siq paydo bo'ldi yoki yomon ob-havo tushdi.

Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg'i sarfini tejaydi?

  • Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
  • Shiddat bilan tezlanish va ohista sekinlashish bilan
  • Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilan

Benzinni tejash uchun sekin tezlashish va sekin sekinlashish eng yaxshi usuldir. Shoshib tezlash va keskin to'xtash benzinni ko'p sarflaydi.

Chap qo'lni yonga cho'zish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish ishorasi nimani bildiradi?

  • Chapga burilishni yoki qayrilib olishni
  • O'ngga burilishni yoki qayrilib olishni
  • To'xtashni
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Chapga burilishni yoki qayrilib olishni

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Arterial qon ketish alomatlarini ko'rsating:

  • Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi
  • Mayda qon tomirlaridan ichki a'zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi
  • Qon tomirlaridan to'q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)

Sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'llarda burlmoqchi bo'lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?

  • Sekinlashish bo'lagiga o'tguncha
  • Sekinlashish bo'lagiga o'tgach
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: Sekinlashish bo'lagiga o'tgach

Izoh — AvtoPilot ilovasida (Premium)
124Barcha biletlar

Biletlarni ilovada ishlang

AvtoPilot javobni tekshiradi, xato qilgan savollaringizni eslab qoladi va ularni unutishdan oldin qaytaradi. iOS, Android, Telegram va brauzer.